Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston g‘arbida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jabrlandi

Qozog‘iston g‘arbida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jabrlandi

Bugun, 4-yanvar kuni Qozog‘iston g‘arbida joylashgan Uralsk shahridagi ikki qavatli kafeda portlash sodir bo‘ldi. Gaz-havo aralashmasining portlashi bino devorlarining qulab tushishiga va yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan.

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ernur Utegenovning so‘zlariga ko‘ra, portlash gaz-havo aralashmasining portlashi natijasida sodir bo‘lgan, natijada kafe devori, shifti va tomi qulagan. Portlash vaqtida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 5 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yetkazilgan.

Xabar qilinishicha, hodisada jabrlanganlarning ikki nafari O‘zbekiston, uch nafari esa Qozog‘iston fuqarolari. Bemorlarning uch nafari erkak, ikki nafari ayol kishi bo‘lib, yoshlari 23-30 atrofida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring