Qozog‘iston G‘alaba bayramini keyingi yilga qoldirdi
Qozog‘istonda G‘alaba kunini tantanali nishonlash keyingi yilga ko‘chirildi. «Zakon.kz» yozishicha, bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.
«Jiddiy epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarni kelgusi yilga ko‘chirish qaroriga kelindi. Prezident vatandoshlarimizga bayram tabrigini yo‘llaydi. Qozog‘istonda Buyuk Vatan urushi veteranlari va front ortida mehnat qilganlarning xotirasiga ehtirom bildiriladi», — deb yozdi Berik Uali «Facebook»dagi sahifasida.
Matbuot kotibi umrguzaronlik qilayotgan urush veteranlariga Prezident tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter