Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qozog‘iston aviakompaniyasiga Samarqandga parvoz qilishga ruxsat bermadi

O‘zbekiston Qozog‘iston aviakompaniyasiga Samarqandga parvoz qilishga ruxsat bermadi

Foto: «Zakon.kz»

«FlyArystan» aviakompaniyasi reysni bajarishga ruxsat olmagani uchun Samarqandga reysni bekor qildi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

«Afsuski, O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati «FlyArystan» arizasini qaytardi, aviakompaniya 2022 yilning 6 apreliga belgilangan reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Aviakompaniya kelgusi reyslar bo‘yicha yo‘lovchilar bilan aloqada bo‘ladi. Aviakompaniya bekor qilingan reys yo‘lovchilariga chipta xarajatlarini to‘liq qaytaradi yoki haftasiga ikki marta amalga oshiriluvchi Turkiston – Toshkent reysiga bepul bronlaydi», — deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati bayonotida.

Ta’kidlanishicha, kompaniya istiqbolda hukumatlararo kelishuvlar doirasida O‘zbekistonga parvozlar jo‘g‘rofiyasini kengaytirishga umid qilmoqda.

«FlyArystan» — 2018 yil 2 noyabrida asos solingan Qozog‘istondagi birinchi budjet aviakompaniyasi. Olmaotada joylashgan. 10 ta samolyoti bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring