Qozog‘iston Afg‘onistonga gumanitar ko‘mak va qutqaruvchilar yo‘llamoqda
Qozog‘iston kuchli zilziladan aziyat chekayotgan Afg‘onistonga gumanitar ko‘mak jo‘natadi. Bu borada prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshiriq bergan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, gumanitar ko‘mak oziq-ovqat mahsulotlari, chodirlar, kiyim-kechak, dori-darmon va birlamchi zaruriy buyumlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘mak yuki yaqin muddatda havo va temir yo‘l transporti orqali yetkazildi.
Qozog‘iston vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish uchun qutqaruvchilar hamda kinologlarni ham yubormoqda.
7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida ro‘y bergan yer silkinishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 2400 nafarga yetdi.
6 ta qishloq butunlay vayron bo‘lgani, yuzlab odam vayrona tagida qolgani aytilmoqda.
Hirotdan 42 kilometr g‘arbda sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali yer silkinishi oxirgi 20 yilning eng vayronkor zilzilasi deb baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter