Qo‘ziqorin yeyishni ko‘paytirish kerak. Negaligini bilasizmi?
Qo‘ziqorinni muntazam iste’mol qilish prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Bu haqda Toxoku Universiteti (Yaponiya) saytida xabar berilgan.
Olimlar o‘n besh yil davomida 40 — 79 yoshdagi qariyb 36,5 mingta erkakning salomatligini kuzatishdi. Ulardan vaqti-vaqti bilan anketa to‘ldirishni so‘rashgan. Anketada ovqatlanish taomnomasi, qo‘ziqorin iste’moli, jismoniy faollik, zararli odatlar, ma’lumoti, oilasi va kasalliklar tarixi borasidagi savollar jamlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tajriba ishtirokchilarining 3,3 foizi kuzatuv paytida prostata bezi saratoni bilan kasallangan bo‘lgan. Bunda haftasiga bir yoki ikki marta qo‘ziqorin iste’mol qilganlar orasida saratonning rivojlanish xavfi uni umuman yemaydiganlarga nisbatan 8% kamroq bo‘lgan. Kuniga qo‘ziqorin iste’mol qilish o‘rtacha 7,6 grammni tashkil etgan. Olimlar fikriga ko‘ra, sog‘lom bo‘lishda yanada yaxshi natijalarga erishish uchun qo‘ziqorin iste’molini ko‘paytirish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter