Prokuratura Qo‘yliqdagi ommaviy mushtlashuv haqida ma’lumot berdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada guruh bo‘lib mushtlashayotgan kishilarning videotasviri tarqaldi. Unda bir nechta fuqarolar hatto mashinada bir-birlarini bosib ketmoqchi ham bo‘lishgan.
Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Boboniyozovning «Zamon» dasturida ma’lumot berishicha, mazkur hodisa joriy yilning 5-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Ushbu hodisa tufayli bir nafar kishiga pichoq vositasida jarohat yetkazilgan, ikki kishiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter