Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ylarni bo‘g‘izlab tahdidli xat qoldirgan jinoiy guruh ushlandi

Qo‘ylarni bo‘g‘izlab tahdidli xat qoldirgan jinoiy guruh ushlandi

Camarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan fuqaroning qo‘ylarini bo‘g‘izlab, talon-toroj qilgan holda tahdidli xat qoldirib ketgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 23 aprel kuni Samarqand tumani IIBga Samarqand tumani «Badal» MFYda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.F. ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 21 aprel kunidan 22 aprel kuniga o‘tar kechasi tumanning «Badal» mahallasi hududida joylashgan o‘ziga  tegishli dehqon xo‘jaligi yer maydonidagi qo‘yxonasiga noma’lum shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qo‘yxonadagi 12 bosh qo‘ylaridan 6 donasini so‘yib, 3 donasini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bildirib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan 23.04.2023 yilda Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tezkor-qidiruv natijasida uch kishi qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilib, jinoiy guruh tashkilotchisini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring