Qotil kim edi? Egizagining jinoyati uchun salkam 20 yil qamoqda o‘tirgan mahkum ozod etildi ( foto)
Qotillikda ayblanib, salkam 20 yil qamoqda o‘tirgan amerikalik Kevin Dugar ozodlikka chiqarildi. Jinoyatni aslida uning egizagi sodir etgan, deb yozdi «NBC News».
Kevin Dugar 25-yanvar kuni Chikago qamoqxonasidan garov evaziga chiqarildi. Uning ishi hali yopilmagan.
2003-yili otishma payti odam o‘ldirishda gumon qilingan Dugar sud qilingan. 2005-yilda u 54 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uzoq yillar davomida Dugar aybsizligini isbotlashga urinib keldi.
2013-yili Kevin Dugar egizagi — Karl Smitdan xat oladi: u qotillikni sodir etganiga iqror bo‘lgandi. Smit ham xatini qamoqda o‘tirib yozgan — bir uyga talonchilikka tushganida yosh bolaga og‘ir jarohat yetkazgani uchun 99 yilga qamalgan.
Avvaliga egizagining iqrori Dugarga naf bermadi: 2018-yili sud Smitning guvohligiga ishonib bo‘lmaydi deb uning ishini yana ochishga izn bermadi.
Huquq himoyachilarining urinishlari, nihoyat, Dugarning ishi sudga qaytarilishiga olib keldi. Garov evaziga ozodlikka chiqqan Dugar aybsizligini isbotlash uchun ikkinchi imkoniyatga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter