Qosim-Jomart To‘qayev namoyishchilarga murojaat qildi
Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxini pasaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berilgan edi. Hukumat komissiyasining ushbu holat bo‘yicha qabul qilgan qarori faollar va namoyishchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Mang‘istau viloyatida «Kazmunaygaz» AJ tomonidan gazning bir litri narxi 50 tanga etib belgilangan.
Hukumat komissiyasi tomonidan namoyishga chiqqan shaxslar javobgarlikka tortilmasligiga kafolat berildi. Tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olishgan.
«Namoyishchilardan jamiyatimiz barqarorligi va hamjihatligiga putur yetkazishdan manfaatdor bo‘lgan buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni so‘rayman. Boshqa ijtimoiy-iqtisodiy talablar ham alohida, jumladan ertaga poytaxtda bo‘lib o‘tadigan amaliy seminarda ko‘rib chiqiladi», — deb murojaat qilgan Qosim-Jomart To‘qayev Twitterdagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter