Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish bo‘yicha qarorni imzoladi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish bo‘yicha qarorni imzoladi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev farmoniga binoan Qozog‘iston parlamenti Senati deputati Nazarboyeva Darig‘aning vakolatlari to‘xtatildi.

2012-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Dariga Nazrbayeva «Nur Otan» partiyasi ro‘yxatidan o‘rin oldi va Qozog‘iston Respublikasi parlamentining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish bo‘yicha qo‘mitasini boshqarishga kirishgandi.

2014-yil 3-aprelda bir ovozdan u Majlisning vitse-spikeri va «Nur Otan» partiyasining parlament fraksiyasi rahbari etib saylangandi.

Nazarbayeva 2019-yil 20-martda parlament Senati raisi bo‘lgan va 2019-yil 2- sentyabrda qayta saylangandi.

2020-yil 2-mayda To‘qayev Senat deputati Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Qozog‘iston nashrlari prezident qarorini izohlamagan.

Nazarboyeva ham hali farmon bo‘yicha munosabat bildirmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring