Qo‘shni davlatda -45 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Qozog‘istonda 20-22 fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotlari taqdim etildi. Mamlakat sharqiy hududlarida -45°C gacha sovuq tushishi kutilmoqda.
«Qazgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, Arktika antitsikloni Qozog‘istonning shimoli, sharqi, janubi-sharqi va markazida sovuq havoni saqlab qolishda davom etmoqda. Shu bilan birga, respublikaning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy, janubi va janubi-sharqida janubiy sikloni bilan qor yog‘ishi, tog‘li hududlarda kuchli qor yog‘ishi, shuningdek, respublikaning janubi-sharqida sovuqning bosqichma-bosqich susayishi kutilmoqda.
G‘arbda havo haroratining pasayishi prognoz qilindi: kechasi minus 10-25 daraja sovuq, kunduzi minuch 5-15 daraja sovuq, respublikaning shimoliy va markaziy hududlarida havo harorati 28-38 darajagacha sovuq bo‘ladi. Sharqiy hududlarda kechasi 32-45 daraja, kunduzi 20-32 daraja sovuq bo‘ladi.
Qozog‘istonni 16 fevraldan boshlab Arktika sovuqlari qoplagan. Ushbu antitsiklonning bir chekkasi O‘zbekiston hududiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter