Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi

Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi

Illyustrativ foto

Tan olaylik, oxirgi paytlarda qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlagan ayollar haqida ko‘p gapirilmoqda, shunday jinoyat sodir etganlari tegishli tartibda jazoga tortilayotgani ham bor gap. Erkak kishi bo‘la turib qo‘shmachilik qilsa-chi...

2020-yilning 9-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida qo‘shmachilik qilish va fohishaxona saqlash jinoyatini sodir etganlikda ayblangan yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi.

Sudlanuvchi O.N. 2020-yil 8-may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Rohat ko‘chasida qo‘shmachilik qilish maqsadida, internetdagi saytlarning biriga «Nazo» nomi ostida 1999 yilda tug‘ilgan A.S.ning fohishalik bilan shug‘ullanishiga mijoz topish uchun e’lonni joylashtirib, har bir mijozdan tushgan pullarning yarmini olib turgan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 08.05.2020-yildan 12.05.2020-yilga qadar bo‘lgan vaqtda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Rohat ko‘chasidagi uyni U.Z.dan shar’iy nikohda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Ch.G. bilan birga vaqtincha istiqomat qilishini aytib aldab, ijaraga olib, mazkur xonadonga A.S. va Ch.G.larni fohishalik bilan shug‘ulanishi uchun joylashtirib, shart-sharoit yaratib bergani evaziga A.S.dan umumiy hisobda 300 000 so‘m pul mablag‘larini olgan.

Sud O.N.ga JKning 59-moddasiga asosan 400 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinladi.

Sh.Jumaniyazov,
Yakkasaroy tuman sudi sudya yordamchisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring