Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘rqinchli filmda rol ijro etgan aktyor 30 yoshida olamdan o‘tdi

Qo‘rqinchli filmda rol ijro etgan aktyor 30 yoshida olamdan o‘tdi

Foto: «RIA Novosti»

Amerikalik aktyor Gregori Tayri Boys 30 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi «Variety» nashri.

Aktyor 13-may kuni hayotdan ko‘z yumgan, lekin bu haqda endigina ma’lum bo‘lmoqda. Sodir bo‘lgan voqea haqidagi xabarni Klark okrugi (Nevada shtati) koroner xizmati tasdiqlagan.

Amerikaning E! telekanali xabariga ko‘ra, Boys bilan uning 27 yoshli do‘sti Natali Las-Vegasdagi kvartirasidan o‘lik holida topilgan. Ularning o‘limi sababi aytilmagan.

Boys «G‘ira-shira» («Sumerki») filmidagi epizodik roli bilan tanilgan. Shuningdek, u qisqa metrajli «Apokalipsis» filmida ham ishtirok etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring