Qoraqalpog‘istonning olis ovullari ham internet tarmog‘iga ulanmoqda
«O‘zbektelekom» AK tomonidan respublikaning eng olis hududlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan 2022 yilning yanvar oyi davomida Nukus shahar markazidan 126 kilometr, tuman markazidan esa 16 kilometr uzoqlikda joylashgan «Janadarya» OFY hududidagi 100 dan ziyod xonadonlar GPON texnologiyasi asosida internet tarmog‘iga ulanmoqda.
So‘nggi ikki oy mobaynida hududga 14 kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyasi yotqizilib, 1024 ta abonentga mo‘ljallangan OLT qurilmasi o‘rnatilgan.
Aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida 2021 yilda 3 500 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter