Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonning olis ovulidagi ikki maktab kompterlar va innovatsion uskunalar bilan jihozlandi

Qoraqalpog‘istonning olis ovulidagi ikki maktab kompterlar va innovatsion uskunalar bilan jihozlandi

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 27-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorauzak tumanidagi 25 va 13-umumta’lim maktablarida bo‘lib, vazirlik tomonidan taqdim etilgan uskunalar hamda jihozlarni topshirdi.

Yurtimizning eng chekka joylaridan birida joylashgan mazkur maktablarni zamonaviy talablarga javob berishi, u yerda o‘qiydigan o‘quvchilarning yangi bilimi va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash maqsadida maktablarga 25 ta kompyuter, innovatsion kutubxona materiallari, elektron qo‘ng‘iroq, robototexnika to‘plamlari hamda turli boshqotirma o‘yinlari (tojmot o‘yini, innovatsion xarita, kimyoviy elementlar innovatsion jadvali, QR book va boshqalar) taqdim etildi.

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

Qorao‘zak tumani Qorao‘zak ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 13-maktabda 47 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib, 450 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Mazkur maktabning direktori Erkinoy Berdiyeva o‘quv yili boshlanishi arafasida maktabga berilgan e’tibor ayni muddao bo‘lganini, o‘quvchilarning kompyuter bilimlarini egallashlari ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘mak berishini ta’kidladi.

Maktabga kopyuterlarning o‘rnatilishi ta’limga axborot texnologiyalarni joriy qilishni, yangi bilimlardan xabardor bo‘lishni ta’minlaydi. Endilikda o‘qituvchilar ham o‘quvchilar ham darslarga yanada puxta tayyorlanish, bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kompyuter asoslarini o‘rgangan, robototexnika kabi ilm-fan yutuqlarini o‘zida mujassam etgan istiqbolli yo‘nalishlar haqida tushunchaga ega yoshlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi, yangi bilimlarni egallashga ishtiyoq paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring