Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonning bir qator amaldor shifokorlari sud qilinadi

Qoraqalpog‘istonning bir qator amaldor shifokorlari sud qilinadi

Qoraqalpog‘iston hududiy perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan A.D., Qoraqalpog‘iston perinatal markazi neonatolog shifokori bo‘lib ishlagan S.R. va Qoraqalpog‘iston patologiya-anatomiya byurosi patologiya-anatom shifokori K.G. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Gap shundaki, Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.Yu.ning 2021 yil 14 fevralda tug‘ilgan qiz jinsli chaqalog‘i oradan bir kun o‘tib, Qoraqalpog‘iston hududiy perinatal markazi shifokorlari tomonidan chaqaloq o‘lgani qayd etilib, patologiya byurosi xodimlariga berib yuborilgan.

Patologiya byurosi xodimlari chaqaloqning ko‘krak qafasida anotomik kesma kesgan vaqtida chaqaloqda hayotiy belgilar aniqlangan bo‘lsada, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan, Qoraqalpog‘iston perinatal markazi shifokorlarini chaqirib, qaytarib berishgan.

Natijada chaqaloq o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari davomida tayinlangan komissiyaviy sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasida fuqaro N.Yu.ning chaqalog‘i o‘limiga amaldagi standartlarga muvofiq reanimatsion yordam-o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi, surfaktant va lozim darajada qarov o‘tkazilmagani hamda patologo-anatomik tadqiqot maqsadida tirik chaqaloqda o‘tkazilgan anatomik kesma-jarohat sabab bo‘lgani, standartlarga muvofiq davo muolajalari o‘tkazilgan takdirda chaqaloq hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring