Qoraqalpog‘istonda «dolzarb 40 kunlik» boshlandi
Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi soha korxonalari hodimlari «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aksiyasini boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan «dolzarb 40 kunlik» topshirig‘i ijrosini ta’minlash borasida soha korxonalari boshliqlari va barcha hodimlari, shahar va tumanlarda daraxtlarni ekish uchun o‘z hissalarini qo‘shishda hashar uyushtirilib, ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yilning noyabr oyidan boshlab yil yakuniga qadar shahar va tumanlardagi korxona atroflariga mevali, manzarali daraxtlar va ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlardan 490 dan ortiq daraxtlar ekildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter