Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

65 nafar fuqaroning nomiga mikroqarz olgan firibgarlar ushlandi

65 nafar fuqaroning nomiga mikroqarz olgan firibgarlar ushlandi

Qoraqalpog‘istonda 65 nafar fuqaroning nomiga jami 981,5 mln so‘m onlayn mikroqarz olgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi tomonidan «ANOR BANK» AJ murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «B.R.»  MChJ rahbari Sh.V. va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta ma’lumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 mln so‘m onlayn miqroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring