Qorabog‘dagi «aksilterror» operatsiyasida qancha inson halok bo‘lgan aytildi
Ozarbayjon tomonidan e’lon qilingan «aksilterror» operatsiyasi natijasida Qorabog‘da 27 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qildi tan olinmagan respublikaning Ombudsmani Gegam Stepanyan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaralanganlar soni 200 dan oshgan. Hozirda Qorabog‘dagi 16 ta aholi punktidan 7 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi.
Ozarbayjon mudofaa vazirligining ma’lumot berishicha, Armaniston qurolli kuchlarining Qorabog‘ mintaqasidagi qo‘shinlari tomonidan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini tizimli ravishda o‘qqa tutishi, hududlarni minalashi, xandaqlar qazib, jangovar pozitsiyalarni shakllantirishi keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter