Qor qoploni fotoqopqonga tushdi (video)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridag «Hisor» davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga qor qoploni muhrlandi.
So‘nggi o‘n yilliklar davomida qor qoplonining soni uzluksiz kamaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda bu hayvonning umumiy ko‘rsatkichi turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 30-50 tadan 80-120 tagachani tashkil etadi. G‘arbiy Tyan-Shanda 10-40 tagacha, Pomir-Oloyda 20-80 tagacha qor qoploni qayd etilgan.
Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi «Qizil ro‘yxati» va O‘zbekiston Qizil kitobiga yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur sifatida kiritilgan. Shuningdek, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatidan joy olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter