Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonlik ikki «krutoy» deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Qo‘qonlik ikki «krutoy» deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashining bugun o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida ikki nafar deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga hokimlikdagi manba ma’lum qildi.

Har ikki deputat (endilikda sobiq) maqomiga mos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun shunday choraga loyiq ko‘rilgan. Ya’nikim, ularning biri - X.N. (1979 yilda tug‘ilgan, xususiy korxona rahbari) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali go‘yoki Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda «koronavirus» kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgani aniqlangan. Ayni paytda unga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ikkinchisi (M. A.) esa (1976 yila tug‘ilgan, tadbirkor) sud tomonidan MJtKning (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks) 195-moddasida («Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish») ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi ortida deputatlik maqomidan mosuvo etilgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring