Qo‘qondagi sexda sodir bo‘lgan yong‘indan hech kim jarohatlanmagan
Joriy yilning 21 mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri Movarounnaxr ko‘chasida joylashgan distillangan yog‘ kislotalari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda yong‘in xavfsiligi xodimlari tomonidan o‘chirildi. Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan xabar qilinishicha, yong‘in tufayli jarohat olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter