Qo‘qonda yana qotillik. Er-xotin o‘ldirilib, bolalarining og‘zi skotchlanib ketildi!

Qo‘qon shahrida yana qotillik yuz berdi. Shu yilning 6-yanvar kuni shaharning Jasorat ko‘chasida istiqomat qiluvchi er-xotin (ikkisining ham yoshi 41 da) o‘z uyining yotoqxonasida jonsiz holatda topilgan. Ular qotillik qurboni bo‘lgani aytilmoqda. Marhumlarning farzandlari esa qo‘l-oyog‘i bog‘lanib, og‘zi skotchlanib ketilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan shu kuni o‘zida (Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan) JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi Bosh prokuratura nazoratida.
Tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgani bo‘yicha qotillik jinoyati fosh etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter