Qo‘qonda soxta advokat paydo bo‘ldi
Qo‘qon shahrida 2021 yilning noyabr oyida noma’lum shaxs Turkiston ko‘chasida joylashgan shahar IIB binosi oldida bir ayolning ishonchiga kirib, o‘zini advokat deb tanishtirgan. U qaynisinglisi qamalib qolmasligini aytib, 8000 dollar pul olgan.
Bu haqda jabrlanuvchi E.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q. sodir etgani aniqlangan.
Hozirda unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter