Qo‘qon pedagogika instituti prorektori va uch mas’ul xodim ishdan olindi
Qo‘qon pedagogika instituti yotoqxonasida yashovchi talaba qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatilgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Shu o‘rinda, voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishlari kafolatlanadi, deyiladi vazirlik xabarida.
Huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter