Qo‘pol amaldor hatto Yevropada ham bor, biroq...(video)

Mark Fild — shunchaki amaldor emas, diplomat, kimsan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari! Ammo uning London lord-meri rezidensiyasida uyushtirilgan rasmiy kechki ovqat payti «Greenpeace» (yashillar harakati) faoli bo‘lmish qizga qilgan qo‘polligi na amaldorga yarashadi, na diplomatiyaga to‘g‘ri keladi.
Qiz ham beayb emas — chaqirilmagan joyda pishirib qo‘yibdimi! Ammo u va sheriklari banketlar zaliga shaxsiy masalada emas, global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish kerakligini eslatib qo‘yish uchun yashirincha kirib olishgandi.
Videodan ko‘rinib turibdiki, Fild diplomatdan ko‘ra maxsus xizmatlar xodimini ko‘proq esga soladi.
Shundan so‘ng Fildga nisbatan darhol xizmat surishtiruvi boshlangan. Diplomat (?) qilig‘i uchun keyin kechirim so‘ragani aytiladi, biroq bu paytga kelib u lavozimidan chetlatib bo‘lingandi.
Ta’kidlash kerakki, «yashillar»ga ham osonmas. Mana, masalan, bir yil avval prezident Trampning tepasidan uchib o‘tgan paraplanerchi-ekolog qo‘lga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter