Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Foto: IIV

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–679-son, 30.03.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodeksga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring