Qoldirilgan litsenzion turnir boshlandi. Unda O‘zbekistondan kimlar ishtirok etmoqda?

Bugun, 3 mart kuni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha musobaqa Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan «Prince Hamza Hall» sport saroyida start oldi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ham Tokio safari uchun kurashga kirishdi. Bahslarda hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Maftuna Meliyeva
-75 kg: Navbahor Hamidova.
Xabaringiz bor, ushbu turnir Osiyo-Okeaniya mintaqasidan Olimpiadaga boruvchi bokschilarni saralab beradi. Ushbu musobaqada erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda 8 ta vazn toifasida quyidagicha yo‘llanmalar taqdim etiladi:
-52 kg: 6
-57 kg: 6
-63 kg: 6
-69 kg: 5
-75 kg: 5
-81 kg: 5
-91 kg: 4
+91 kg: 4
Ko‘rish mumkinki, musobaqada yarim finalga chiqqan bokschi Olimpiada litsenziyasini naqd qiladi. Ba’zi vazn toifalarida chorak finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilar ham yo‘llanma uchun kurash olib borish imkoniyatini saqlab qolishadi. Ushbu musobaqa yakuniga ko‘ra, 41 nafar bokschi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqada esa 5 ta vazin toifasida quyidagicha litsenziya bokschilarga taqdim etiladi:
-51 kg: 6
-57 kg: 4
-60 kg: 4
-69 kg: 4
-75 kg: 4
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda 22 nafar bokschi uchun litsenziya ajratilgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter