Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘lbola pechlar orqali o‘quvchilarning is gazidan zaharlanish ehtimoli yuqori» — XTV mas’uli

«Qo‘lbola pechlar orqali o‘quvchilarning is gazidan zaharlanish ehtimoli yuqori» — XTV mas’uli

Foto:«Uzreport»

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning aytishicha, 162 ta maktab va 156 ta maktab filiali qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali isitilmoqda.

«Respublika bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta umumta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internati quyidagi yoqilg‘i manbalari orqali isitilmoqda:

- 3 310 tasi — tabiiy gaz;
- 23 tasi — suyuq yoqilg‘i;
- 6 671 tasi — ko‘mir (briket);
- 4 tasi — elektr toki.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

▪️ 1 036 ta maktab — markazlashgan issiqlik tarmog‘i orqali,
▪️ 8 810 tasi — lokal isitish tarmog‘i orqali;
▪️ 162 tasi — qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali.

Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo‘lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o‘quvchilarga yaqin qilib o‘rnatilgan. 

Jami 1 196 ta maktab filialining 118 tasi — tabiiy gaz, 1 tasi — suyuq pech yoqilg‘isi, 1 062 tasi — ko‘mir (briket) yoqilg‘isi, 15 tasi — elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring