Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoidabuzar haydovchi sabab bir yoshga ham to‘lmagan go‘dak vafot etdi

Qoidabuzar haydovchi sabab bir yoshga ham to‘lmagan go‘dak vafot etdi

Foto: «123ru.net», illyustrativ foto

2021-yil 10-avgust kuni soat 21:10 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «Davlat xizmatlari agentligi» binosi ro‘parasida haydovchi F.E. «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan (yo‘l belgilari va chiziqlari bilan belgilangan) piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020-yil noyabr oyida tug‘ilgan U.J.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan U.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Haydovchi F.E.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring