Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston IIV yo‘lovchilarning avtobusdan chiqib keta olmaganiga ikki sabab keltirdi

Qozog‘iston IIV yo‘lovchilarning avtobusdan chiqib keta olmaganiga ikki sabab keltirdi

Foto: «Sputnik Qozog‘iston»

Kecha, 18-yanvar kuni Oqto‘ba viloyatining Irgiz tumanida ro‘y bergan fojia oqibatida 52 yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Ayni paytda barcha sodir bo‘lgan yong‘in sabablari va yo‘lovchilarning avtobusni nega tark eta olmagani haqidagi savollar o‘ylantirmoqda.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning aytishicha, yong‘inga ikki holat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Yong‘in avtobus salonida boshlangan va kuchli tutun tufayli ko‘pchilik undan zaharlangan. Va shu sababli undan chiqib keta olmagan.

Ikkinchi sabab esa — haydovchilar chiqqan eshikdan kislorod kirishi oqibatida darhol yong‘in ko‘tarilgan va qolganlarga chiqib ketish imkonini bermagan bo‘lishi mumkin», — dedi Turgumbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring