Qizlar yotoqxonasi oldidagi «hunari» uchun 62 yoshli erkak qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 24 may kuni taxminan soat 15.00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 1961 yilda tug‘ilgan Z.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter