Manfaatlar to‘qnashuvi. Elon Mask sun’iy intellekt kompaniyasidan ketdi
![Manfaatlar to‘qnashuvi. Elon Mask sun’iy intellekt kompaniyasidan ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1276791053.jpeg)
Elon Mask.
Elon Mask o‘zi tomonidan asos solingan sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi «OpenAl» kompaniyasining direktorlar kengashini tark etdi. Maskning fikricha, ushbu qadam «kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan mojaroning oldini oladi», deb xabar berdi «NV.ua».
Qiziqishlar qarama-qarshiligining sababi shundaki, «Tesla» muhandislari ko‘proq vaqtini elektrokarlarda kerak bo‘ladigan sun’iy intellekt uchun ajratishni rejalashtirgan. Shunga qaramay, «OpenAl» kompaniyasi blogida yozilishicha, Mask «tashkilotga sarmoya kiritishni va maslahat berishni» davom ettiradi.
Avvalroq, Mask «Tesla» kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni yaratishda «Autopilot» dasturiy ta’minotiga yordam berish uchun «tor doiradagi sun’iy intellekt»lardan foydalanayotganini ma’lum qilgandi.
Aytilishicha, «OpenAl»ning bir nechta yangi inverstorlari paydo bo‘lgan: «Valve» rahbari Geyb Nyuell hamda «Skype» asoschisi Yaan Tallin.
Elon Mask sun’iy intellekt rivojlanishini kuzatib borish maqsadida Sem Altman bilan birgalikda «OpenAl» kompaniyasiga 2015-yilda asos solgan edi. Maskning aytishicha, ushbu soha istiqbolli, biroq qaltis: Elon sun’iy intellektlar insoniyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter