Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizil chiroqda o‘tib ketgan Damas inson o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qizil chiroqda o‘tib ketgan Damas inson o‘limiga sababchi bo‘ldi

Videodan skrinshot

Kecha, 18-dekabr kuni soat 21:30 larda Samarqand viloyatining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi 4R47 Bulung‘ur—Urgut avtomobil yo‘lining 60-kilometrida Damas, Nexia va Lada avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Samarqand viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Otabek Obloqulov hodisa tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.

YTH oqibatida jarohat olgan Damas mashinasidagi ikki yo‘lovchi va Lada mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, Lada mashinasi haydovchisi vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, YTHga Damas mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgani sabab bo‘lgan. Videodan ko‘rinib turibdiki, Damas katta tezlikda harakatlanib kelib, avvaliga yo‘lga chiqayotgan Nexia, so‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishda to‘xtab turgan Lada mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring