Qiyin ahvolda qolgan 7 nafar yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi
Turkiyaning Istanbul, Rossiyaning Navosibirsk va Qozon shaharlarida ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan farg‘onalik N.P, G.K. va ularning farzandlari, shuningdek, ishsiz hamda boshpanasiz qolgan X.G‘. 11-12-may kunlari Vatanga qaytarildi.
Mazkur fuqarolarning muammolari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chora-tadbirlari va Xalqaro migratsiya tashkilotining moliyaviy ko‘magida ijobiy hal etildi.
Xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter