Qirolichaning sevimli ko‘rsatuvi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II har xil teleshoularni tomosha qilishni yoqtiradi. Bu haqda «Hola» yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Hazrati Oliyalari teleshoular, ayniqsa, realiti-shoularning muxlisasi. Ular orasida eng sevimlisi — britancha talqindagi «Yulduzlar bilan raqs» ko‘rsatuvi. Ushbu shouning o‘tgan mavsumdagi g‘olibasi, aktrisa Rouz Eyling-Ellis bilan «Ist-saydliklar» seriali suratga olish maydoniga borib uchrashgan gersoginya Kamilla (shahzoda Charlzning rafiqasi) bu haqda so‘zlab berdi.
Kornuoll gersoginyasi aytishicha, qirollik oilasining deyarli barcha a’zolari, jumladan, qirolicha «Yulduzlar bilan raqs» (Strictly Come Dancing)ni qoldirmay ko‘rib borishadi. Hatto o‘zlari muxlislik qiluvchi yulduzlarga ovoz ham berishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter