Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘olibga KIA avtomobili: O‘zbekistonda ham «Ovoz» teleshousi  o‘tkaziladi

G‘olibga KIA avtomobili: O‘zbekistonda ham «Ovoz» teleshousi  o‘tkaziladi

Zo‘rTV telekanalida «Ovoz» teleshousining taqdimoti hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, o‘zbek san’ati darg‘alari, jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

«Ovoz» teleshousiga oid eng muhim ma’lumotlar:

  • loyihada bir mavsum 4 oy davom etadi;
  • O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston va Tatariston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sevara Nazarxon hamda Tohir Sodiqov teleshouda murabbiylik qilishadi;
  • loyiha O‘zbekistondagi iqtidor egalarini aniqlash va saralash imkonini beruvchi platformaga aylanadi va Madaniyat vazirligi garchi g‘olib bo‘lish nasib etmagan bo‘lsada, loyiha orqali nazarga tushan iste’dodlarning keyingi faoliyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi;
  • Har bir mavsum g‘olibi KIA avtomobili bilan taqdirlanadi. Finalchilar bilan prodyuserlik shartnomalari tuziladi, ovoz yozish studiyalarida qo‘shiqlari bepul yozib beriladi, musiqiy albomlarini chiqarishlariga ko‘maklashiladi;
  • bolalar uchun alohida teleshou tashkil etiladi;
  • loyihada yoshi, millati, tili, ijtimoiy mansubligi, musiqiy bilim bobida professional bilimga ega yoki havaskorligidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76-mamlakatga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring