Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolichaning qo‘riqchisi obro‘li gvardiyaga dog‘ tushirdi

Qirolichaning qo‘riqchisi obro‘li gvardiyaga dog‘ tushirdi

Foto: «Coldstream Guards»

Vazifalaridan biri Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qarorgohini qo‘riqlash hisoblanadigan Koldstrim gvardiyasi harbiy xizmatchisi giyohvand moddalar saqlagani uchun hisbga olindi. Bu haqda bugun, ya’ni 31- iyul kuni «Daily Mail» xabar bergan.

Nashrning ma’lum qilishicha, elita bo‘linma gvardiyachisi 28-iyul kuni qo‘lga olingan. Politsiya gumonlanuvchi xizmat qilayotgan Sent-Jeym saroyida gvardiyachiga mo‘ljallangan vanna xonada kokain izlarini topgan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari harbiy xizmatchining xonasi bilan mashinasini tintuv qilishgan va uning buyumlar orasidan beshta xaltacha kokain va to‘rtta xaltacha ketamin topishgan.

Britaniya armiyasida gvardiyachining hibsga olinganligini tasdiqlashgan, biroq boshqa izoh berishdan bosh tortishgan. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, hibsga olingan shaxs vaqtincha vazifasidan ozod etilgan.

Koldstrim gvardiyasi 1650-yilda Oliver Kromvel buyrug‘iga binoan tashkil etilgan bo‘lib, Britaniya armiyasining amaldagi eng qadimgi piyoda polki hisoblanadi. Bo‘linmaning majburiyatlariga Britaniya qirollari saroylarini, jumladan, Vindzor qasri bilan Bukingem saroyini qo‘riqlash kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring