Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolicha darg‘azab. Xizmatkorlarning sabr kosasi to‘lmoqda

Qirolicha darg‘azab. Xizmatkorlarning sabr kosasi to‘lmoqda

Foto: «The Sun»

Britaniya qirollik oilasining saroy xizmatkorlari Yangi yil bayramida Yelizaveta II ning saroyda yashab, xizmat qilish taklifini rad etib, uni xafa qilishdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.

Xizmatkorlardan Yelizaveta II har yili hordiq chiqaradigan Sandringem saroyiga bir oyga ko‘chib o‘tish so‘raldi. Agar yetarli miqdorda saroy xizmatkorlari ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lmasa, 94 yoshli qirolicha oxirgi 33 yilda birinchi marta Rojdestvoni Vindzor qasrida nishonlashiga to‘g‘ri keladi.

«Qirolicha darg‘azab. Xizmatkorlar toqati toq bo‘lganini ma’lum qilishdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagandi, — deya ta’kidlaydi nashrning suhabatdoshi. — Hamma sodiq qolishni xohlaydi, lekin ularni oilasidan ajratish sira to‘g‘ri kelmaydi».

Yelizaveta II ning 20 tacha saroy xizmatkori, jumladan, farroshlar va kir yuvuvchilar o‘z noroziliklarini bildirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring