Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda yollanma qotillikda gumonlanayotgan uch o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

Qirg‘izistonda yollanma qotillikda gumonlanayotgan uch o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

Qirg‘izistonda bir muddat oldin huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maxsus operatsiya vaqtida otib o‘ldirilgan qonundagi o‘g‘ri Qamchibek Kolbayev uchun qasos olishda gumon qilinayotgan, shuningdek, qirg‘iz OAVsi tomonidan «yollanma qotillar» ekani aytilayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, ular Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.

«Ular Qirg‘izistonga qonundagi o‘g‘ri Qamchibek Asanbek (Qamchibek Kolbayev) o‘limi uchun qasos olish maqsadida kelgan», – deya mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan iqtibos keltiradi Kaktus.media.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarining «Alfa» maxsus xizmati bilan o‘tkazgan tezkor ishlari davomida Bishkek shahrida:

  • 1997-yilda tug‘ilgan K. O;
  • 1996-yilda tug‘ilgan R. A;
  • 1994-yilda tug‘ilgan A.I. lar qo‘lga olingan.

Tergov jarayonida ular jinoiy dunyo vakillaridan biri ularga  Qamchibek Kolbayevning o‘limi uchun qasos olish uchun bir kishini o‘ldirishlari kerakligi haqida buyruq bergani aytgan.

Shuningdek, o‘zbekistonlik fuqarolarning bir necha fuqarolarning o‘limida aloqador ekanligi va qidiruvda bo‘lgani aytilmoqda.

2023-yil 13-oktyabrda hibsga olinganlarning barchasi O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring