Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda uch nafar bola qizamiqdan halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda uch nafar bola qizamiqdan halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. 2023 yil boshidan buyon 3 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, ularning aksariyati 10 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Kasallikning eng yuqori ko‘rsatkichlari Bishkek, O‘sh shaharlari, O‘sh va Chuy viloyatlarida qayd etilgan. Sentyabr oyidan beri Jalolobod viloyatida vaziyat yomonlashmoqda, deb yozadi «24.kg» nashri.

Yil boshidan buyon uchta o‘lim qayd etilgan. 1, 3 va 13 yoshli bolalar vafot etgan.

Respublika immunoprofilaktika markazi vafot etganlar emlanmaganini qayd etdi. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 85 foizdan ortig‘i emlanmagan.

Qirg‘izistonda kasallanishning ortishi munosabati bilan qizamiq va qizilchaga qarshi qo‘shimcha emlash davom etmoqda.

Qizamiq xavfli va yuqumli virusli kasallik bo‘lib, o‘limgacha bo‘lgan xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring