Qirg‘izistonda muxolifatchi davlatga xiyonatda ayblanib ushlandi
Qirg‘iziston parlamentining muxolif deputati Adaxan Madumarov davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi xabar bergan.
«Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Tergov xizmati yuqori mansabdor shaxslarning davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha tergov olib bormoqda. 2023-yil 2-sentyabr kuni Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Madumarov Adaxan Kimsanbayevich jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi», — deyiladi departament matbuot xizmati xabarida.
Ularning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi tergov izolyatorida saqlanadi, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Boshqa izohlar berilmagan.
Iyun oyida mamlakat parlamenti Bosh prokuratura so‘rovidan so‘ng Madumarovni jinoiy javobgarlikka tortishga rozi bo‘ldi, deyiladi matnda.
Adaxan Madumarov to‘rt chaqiriq deputati, 2011 va 2017-yillardagi saylovlarda Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod, muxolifatdagi «Birlashgan Qirg‘iziston» partiyasi yetakchisidir. 2008- yil oktyabridan 2009-yil oktyabrigacha Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi rahbari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter