Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda koronavirus rivojlanishi qachon yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi

Qirg‘izistonda koronavirus rivojlanishi qachon yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi

Foto: «Pixabay»

Qirg‘izistonda koronavirus rivojlanishi eng yuqori cho‘qqisiga 20—24-aprelda chiqishi kutilmoqda, «24.kg» xabar berishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev brifingda ma’lum qildi.

Usenbayevning aytishicha, sog‘liqni saqlash vazirligida olimlar, yetuk mutaxassislardan iborat maxsus guruh ishlamoqda, ular butun dunyodagi va Qirg‘izistondagi pandemiya epidparametrlarini tinmay kuzatib borishyapti.

Qirg‘izistonda ilk marotaba koronavirusni yuqtirish holati 2020-yilning 18-mart kuni aniqlangan.

Ma’lumot uchun: bugunga kelib qo‘shni mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 430 nafarga yetdi. 14-aprel kuni virusni yuqtirish bo‘yicha 11 ta yangi holat qayd etildi. Kasallikdan sog‘ayib ketganlar 71 nafarga yetdi. Shifoxonalarda 354 nafar bemor qolmoqda, ulardan to‘qqiz nafari reanimatsiyada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring