Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda

Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda

Qirg‘izistonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum va mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumot tarqatgan. 

«Respublika bo‘yicha barcha 4335 saylov uchastkalari soat 8.00 da ochildi», — degan MSK vakili.

Qirg‘izistonliklar saylovlarda va referendumda 12 soat (saylov uchastkalari soat 20.00 da yopilguncha) ichida ishtirok etishlari mumkin.

Referendumga kiritilgan yangi konstitutsiya loyihasida Xalq taraqqiyoti (Kengashi) institutini ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beruvchi konsultativ, kuzatuv yig‘ilishi sifatida joriy etish taklif etiladi.

Shuningdek, prezident va hukumat institutlarini qayta shakllantirish rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining shakllanishi va ishi uchun javobgarlikni prezident o‘z zimmasiga oladi va uni prezident ma’muriyati rahbari boshqaradi.

Hujjat parlament deputatlari sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartirishni taklif qiladi. Aslida taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezidentlikdan prezidentlik boshqaruv shakliga qaytishni anglatadi.

420 qishloq okrugi va 28 shahar kengashlaridagi o‘rinlar uchun 20 mingdan ortiq odam kurashmoqda.

Ovoz berishning dastlabki natijalari 11-aprel kuni kechqurun e’lon qilinadi. MSK yakuniy ko‘rsatkichlarni 16-maydan kechiktirmay e’lon qilishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring