Qirg‘izistonda «Aqlli shahar» loyihasiga 60 mln. dollar sarmoya kiritiladi
Xitoyning «Huawei Technologies Co.» kompaniyasi Qirg‘izistonda «Aqlli shahar» loyihasini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Yaqinda Qirg‘iziston hukumati va kompaniya vakillari o‘rtasida kelishuv imzolandi, deb xabar berdi «Akchabar» portali.
Shartnoma doirasida O‘sh, Bishkek hududida hamda Beshkek – O‘sh, Beshkek – Cho‘lponota, Bishkek – «Manas» xalqaro aeroporti avtomobil yo‘llarida «Aqlli shahar» loyihasi bo‘yicha uskunalarni keltirish, qurilish, integratsiyalash ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan. Kiritilayotgan sarmoya hajmi $60 mln.ni tashkil etmoqda.
«Huawei Technologies Co. Ltd» barcha uskunalar va xizmatlar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish talablariga, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi zarur.
Ushbu loyiha shahar yo‘llari va ko‘chalarida xavfsizlikni maksimal darajada ko‘tarib, asosiy magistrallar, chorrahalar, jamoat tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni qamrab oladi. Shuningdek, terrorchilik xavfi hamda jinoyatchilik bilan samarali kurashishda, yo‘l-transport holatlarida nizoli vaziyatlarni tez va aniq bartaraf etishda qo‘l keladi.
– «Aqlli shahar» loyihasi mamlakatimiz uchun dolzarb va muhim ahamiyatga ega. U yo‘l harakati xavfsizligi sohasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etishga yordam beradi va, umuman, fuqarolar xavfsizligi darajasini yaxshilaydi. Ushbu loyihani amalga oshirish ancha murakkab jarayon. Lekin biz maqsadga erishish uchun sarmoyadorlar bilan birgalikda barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz. Aminmanki, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, hukumat muassasalari ochiqligini takomillashtirish, korrupsiyani bartaraf qilishda uning ahamiyati katta bo‘ladi», – dedi mamlakat bosh vaziri Sapar Isoqov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter