Qirg‘iziston: kasalini yashirgan va tarqatgan fuqaro aniqlandi — besh yilgacha qamalishi mumkin

Koronavirus bilan kasallangan va buni hammadan yashirgan qirg‘izistonlik fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda «Knews.kg» xabar berdi.
«U koronavirusga chalingani teshiruv chog‘i tasdig‘ini topdi. Afsuski, kasalini qarindoshlari, tengqurlari, hamkasblaridan yashirib, virusni tarqatib yurgan. Hozir observatoriyada saqlanyapti. Sog‘ayganidan so‘ng besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin», — dedi O‘sh shahri, Novqat va Qorasuv tumanlari komendanti M.Nurdinov.
Endi bu fuqaro Jinoyat kodeksining 280-moddasi 2-qismi bilan 2,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Chunki u favqulodda vaziyat joriy etilgan sharoitda sanitariya-epidemiologiya qoidalarini qasddan buzib, odamlarning ommaviy kasallanishi va zaharlanishi xavfini tug‘dirgan.
Ma’lumot uchun: ayni paytga kelib, Qirg‘izistonda 228 kishida koronavirus aniqlangan, sog‘ayganlar — 33 nafar, vafot etganlar — 4 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter