Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+25. Qirg‘iziston fuqarolari ham Buxoroda koronavirusdan shifo topdi

+25. Qirg‘iziston fuqarolari ham Buxoroda koronavirusdan shifo topdi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafar esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Sog‘ayganlarni hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirg‘iziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 300 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 325 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1159 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring