Qirg‘iziston bosh vaziri iste’foga chiqdi
Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmon mamlakat prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan. 24.kg yozishicha, Aqilbek Japarov o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan.
Aqilbek Japarov 2021-yilning 1-iyunidan 12-oktyabriga qadar Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan, bir paytning o‘zida iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. 2021-yil 13-iyunida Vazirlar maqkamasi raisligiga tayinlanib, prezident devonini ham boshqargan.
Keyinroq internetda tarqalgan videolarga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti devoni xodimlari jonli yo‘lak hosil qilib, Aqilbek Japarovni tantanali ravishda kuzatib qo‘yishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter