Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz tomoni O‘zbekistondan qator tovarlar importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Qirg‘iz tomoni O‘zbekistondan qator tovarlar importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

O‘zbekistondan Qirg‘iziston hududiga  go‘sht mahsulotlari va chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan 2022-yil 14-sentyabrdagi vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik, shuningdek, AQShdan tovuq va parrandachilik mahsulotlari importiga qo‘yilgan cheklov ham bekor qilgan.

O‘z navbatida, hukumat qator davlatlardan ayrim mahsulotlar importiga vaqtinchalik taqiqlarni amalda saqlab qolishga qaror qilgan. Jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston va Mo‘g‘ulistondan kasallik belgilari bo‘lgan chorva mollari va ulardan olingan mahsulotlarni mamlakatga olib kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring