Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz-tojik chegarasini aniqlashtirish bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi

Qirg‘iz-tojik chegarasini aniqlashtirish bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi

2-oktyabr, dushanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga har ikki davlat milliy xavfsizlik idoralari rahbarlari Qamchibek Tashiyev va Saymo‘min Yatimov rahbarlik qilgan.

Uchrashuvda qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Uning mazmuni oshkor qilingani yo‘q, biroq ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari ushbu hujjat chegaradagi barcha kelishmovchiliklarni hal etishini ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 972 km chegara chizig‘i mavjud bo‘lib, shundan 400 km.ga yaqini kelishilmagan. Chegaradagi kelishilmagan hududlar mintaqada eng notinch hududlardan hisoblanadi. 2021-yil yozida, 2022-yil kuzida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qisqa muddatli qurolli to‘qnashuvlarda har ikki tomondan o‘nlab kishi halok bo‘lgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring